902 10.06.2026
Feruza MUHAMMЕDJANOVA, Markaziy kengash raisi o‘rinbosari:
Partiyamiz tomonidan “Otalar kuni”ni joriy etish taklifi ilgari surilayotgani bejiz emas. So‘nggi yillarda gender tenglik haqida ko‘p gapirdik, lekin oxirgi paytlarda otalarning o‘rni nihoyatda qo‘llab-quvvatlovga muhtoj bo‘layotganini ko‘ryapmiz.
Bugun oilada otalarning o‘rni pasayib borayotgani va ularga faqat ta’minotchi sifatida qarayotganimiz hech kimga sir emas. Afsuski, bu oilaviy qadriyatlardan uzoqlashishimizga, eng yomoni, farzandlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.