547 12.06.2026
2023-yilda qabul qilingan strategiyani takomillashtirish va yangilashga quyidagi asosiy omillar sabab bo‘ldi. Ulardan eng asosiylari oldindan belgilangan ayrim iqtisodiy marralarga muddatidan avval erishdik. Aholimiz soni keskin o‘sishi munosabati bilan vazifa va maqsadlarni qayta ko‘rib chiqish va yangilarini belgilash ehtiyoji paydo bo‘ldi.
Masalan: yalpi ichki mahsulot hajmini 2030-yilga borib 160 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan edi. Ammo bu ko‘rsatkichga kutilganidan avvalroq erishamiz. Shu bois, yangilangan strategiyada YAIM hajmini 240 milliard dollar qilib belgilandi.
Eldor TULYAKOV — “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori