718 12.06.2026
“Milliy tiklanish” va uning barcha darajadagi deputatlari yangilangan strategiyaning "Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish" yo‘nalishida belgilangan vazifalar ijrosi nazoratida faol qatnashmog‘i lozim. Chunki ushbu vazifalarning aksariyati partiya g‘oyalari bilan hamohang.
Jumladan, maktabgacha ta’lim qamrovini 80 foizdan oshirish belgilangan. Shuningdek, kitobxon yoshlar ulushini 50 foizga, xorijiy sayyohlar sonini 20 mln nafarga yetkazish, 112 ta madaniy meros ob’yektini asrashga doir ishlar amalga oshiriladi.