Eng katta muammolardan biri bu tilga e'tiborsizlik


908     19.06.2026

Ta'kidlanganidek, globallashayotgan dunyoda davlatlarning kuch-qudrati intellektual salohiyat bilan ham o‘lchanyapti. Shu ma’noda, bugun bolalarning ilk yoshidanoq o‘z ona tili asosida savodxonligini rivojlantirish – mustaqil o‘qish, tanqidiy fikrlash, axborotni tahlil qilish ko‘nikmalarini oshirish millat kelajagi va milliy xavfsizlik bilan bog‘liq strategik masalaga aylandi.

Bugun jamiyatdagi eng katta muammo bolalarning o‘z ona tilida ta’lim olmayotgani, davlat tiliga bo‘lgan e’tibor hamon talab darajasida emasligi bilan bog‘liq.