Hunarmandlar mehnatiga yarasha daromad ko‘rishi kerak


578     24.06.2026

Hunarmandlarning elektron savdo bo‘yicha bilimlarini oshirishga ko‘maklashish maqsadida faoliyatini boshlagan “Rizq” loyihasi Buxoroda davom etmoqda. O‘quv, tadqiqot va tahlil markazi tomonidan Nodir devonbegi madrasasida tashkil etilgan o‘quv-seminarni Markaziy kengash raisi Alisher Qodirov ochib, “Milliy tiklanish” o‘z g‘oyalaridan kelib chiqib, ushbu kasb egalarini qadriyatlar himoyachisi sifatida doimo qo‘llab-quvvatlashini, jumladan, yaqinda qabul qilingan qonunda fraksiya a’zolari hunarmandchilik mahsulotlarini sanoat tovarlari maqomida rasmiylashtirib, bir xil soliqqa tortilishiga qarshi chiqqanini ta’kidladi.
 
– Bugun dunyoda hunarmandchilik mahsulotlari uchun ham katta bozor ochildi va soha vakillari mehnatiga yarasha daromad ko‘rishi kerak. Partiyamiz bu borada ularga yaqin ko‘makchi bo‘ladi va hunarmandlar manfaatini himoya qiladigan qonunchilikni takomillashtirishda davom etadi, – dedi partiya raisi.