793 24.06.2026
Qoraqalpog‘istondagi ilk o‘quvdan ma’lum bo‘ldiki, hunarmandlar “Rizq”qa daromad topish imkoniyatlarini oshiruvchi, ya’ni o‘z mahsulotlarini dunyo bozoriga “onlayn” sotish eshiklarini ochuvchi loyiha sifatida qaramoqda. Aslida maqsad ham shu edi. Bugun dunyoda qo‘lda yasalgan mahsulotlar global bozori juda tez rivojlanayotgan bo‘lsada, yurtimizning aksariyat hunarmandlari bu borada yetarli bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lmagani uchun bunday imkoniyatdan deyarli foydalanmayapti.
– “Rizq” loyihasi qadriyatlarimiz himoyachisi – hunarmandlarga yaqin ko‘makchi bo‘ladi, – dedi O‘quv, tadqiqot va tahlil markazi direktori Nargiza Hamidova.