Ishlab chiqarish korxonasi faoliyati o‘rganildi


865     26.06.2026

Andijonda o‘rganishlar olib borayotgan Baxtiyor Maniyazov Xo‘jaobod tumanidagi “Zamon textil” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Jumladan, ishlab chiqarish jarayonlari, ish o‘rinlari, xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari hamda mahsulot tayyorlash jarayonini o‘rgandi. Korxona rahbarlari bilan uchrashib, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha fikr almashdi.

Asosan ayollar liboslari ishlab chiqaruvchi korxonada bugun 500 nafardan ortiq ishchi mehnat qilmoqda. Mahsulotlar ichki bozor bilan birga, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlariga ham eksport qilinmoqda.