Murojaatlarning aksariyati ijtimoiy masalada bo‘ldi


475     26.06.2026

Jizzax viloyati "Xalq qabulxonasi" faoliyati bilan tanishgan Nazira Muxtorova shu yerning o‘zida sayyor qabul tashkil etdi. Deputatga yo‘llangan 50 dan ortiq murojaatning aksariyati ijtimoiy masalalarda – bepul davolanish, bir martalik moddiy yordam, ayollar va temir daftarga kirish, ishga joylashish va xodimlarga nisbatan mehnat qonunchiligining buzilish holatlari bo‘yicha bo‘ldi.

Deputat barcha murojaatlarni o‘rganib, tegishli tashkilotlarni jalb etgan holda hal etish choralarini ko‘rishga vaʼda berdi.