676 26.06.2026
Sirdaryo tumanidagi 3-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti mudirasi Sherzod Qulmatovning kelganidan foydalanib, bir necha yillik muammo – bog‘chaning tabiiy gazga ulanmagani masalasini ko‘tardi. Bu ovqat tayyorlashda muayyan qiyinchiliklarni tug‘dirmoqda.
Sherzod Qulmatov saylovchilar murojaati bo‘yicha 19 va 39-sonli maktablar holati bilan ham tanishdi. 19-sonli maktab mukammal taʼmirdan chiqqan bo‘lsada, ishlar chala qoldirilgan. Deputatning tashabbusi bilan 39-sonli maktabda 150 o‘ringa mo‘ljallangan yangi bino qurish uchun 1,5 mlrd so‘m ajratilgan edi. Biroq qurilish ishlari hamon boshlanmagan. Deputat shu kuniyoq ushbu masalalarda tegishli idoralar bilan gaplashib, aniqlangan muammolarni nazoratga oldi.