Muammo hal etildi, biroq...


525     26.06.2026

Yaxshi niyatlar bilan 43 gektar maydonda baliqchilik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan poplik tadbirkor Gulxayo Tillabayevaning bir necha kundan buyon boshi qotgan. Hududdan oqib o‘tuvchi kanaldan keladigan suv to‘xtab qolgani bois, baliqlarning nobud bo‘lish xavfi yuzaga keldi. Tadbirkorlikni to‘xtatay desa, kattagina xarajat qilib qo‘ygan. To‘xtatmay desa, muammoni o‘zi hal qilolmayapti.

Dilnoza Azizova tadbirkor murojaati bo‘yicha Pop tumaniga borib, masʼullar ishtirokida muammoni joyiga chiqib o‘rgandi va suv taʼminoti rahbarlari sentyabrgacha xo‘jalikni suv bilan taʼminlashga vaʼda berdi. Tez orada kanalga suv kelgan bo‘lsada, ertaga yana uzilib qolishi mumkin. Shu bois, deputat tadbirkorga yer qaʼridan nasos orqali suv olish taklifini berdi va bu borada davlatning moliyaviy yordamini olishga ko‘maklashadigan bo‘ldi.