505 26.06.2026
Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali faoliyati bilan tanishgan Sayyora Jumayevaning holatini "tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi" iborasiga qiyoslasak to‘g‘ri bo‘ladi. 1905-yilda qurilgan binoning ichidagi sharoitlarni ko‘rib odamning havasi keladi. Zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ham to‘la jihozlangan. Biroq binoning tashqi ko‘rinishini ko‘rgan odamning ichkariga kirishga yuragi betlamaydi. 120 yillik bino borgan sari nurab bormoqda. Devorlardagi yoriqlar odamni qo‘rqitadigan darajada.
“Eskini tuzatguncha, esing ketadi” deganlaridek, deputat masʼullar oldiga binoni taʼmirlash emas, yangisini qurish masalasini qo‘ydi va bu muammoni hal etishga qatʼiy kirishajagini bildirdi.