Madaniyat vaziriga parlament so‘rovi yuboriladi


1364     10.08.2026

Deputatlarning joylardagi o‘rganishlaridan maʼlum bo‘ldiki, qator sanʼat taʼlimi muassasalari binolari eskirgan, soha rivoji uchun belgilangan ayrim vazifalar to‘liq bajarilmayapti. O‘quv-uslubiy vositalarga bo‘lgan talab hamon yuqori. Kadrlar taʼminotida ham muammolar bor.

Fraksiya aʼzolari yuqoridagilardan kelib chiqib, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga «Bolalar musiqa, sanʼat va ixtisoslashtirilgan maktablaridagi taʼlim sifatini oshirish, ularni zarur jihozlar bilan taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati va bu boradagi istiqbolli rejalar to‘g‘risida» parlament so‘rovi yuborish masalasini bir ovozdan maʼqulladi.