1473 11.08.2026
Endi ipoteka krediti bo‘yicha olgan uyingizga barcha oila aʼzolaringizni ro‘yxatga qo‘yishingiz mumkin bo‘ladi.
Shu paytgacha bank taʼqiqi sabab, bunga ruxsat berilmayotgan edi. Deputatlar bu haqdagi qonun loyihasini muhokama qilib, birinchi o‘qishda maʼqulladilar.
Fraksiya aʼzolariga hududlardagi o‘rganishlari chog‘ida aholidan bu haqda ko‘plab murojaatlar bo‘layotgan edi. To‘g‘rida, o‘z uyingizga o‘z farzandlaringizni ro‘yxatga qo‘yolmasangiz, bu qaysi adolatga to‘g‘ri keladi?!