“Jannat” vaʼda qilayotganlar tuzog‘idan ehtiyot bo‘ling!


1281     13.08.2026

Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi tashkil etilgani bejiz emas. Yurtimizda bu jarayonni qonuniy asosda tashkil etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilayotganiga qaramay, ayrimlar ijtimoiy tarmoqlar orqali “jannat” vaʼda qilayotganlar tuzog‘iga tushib, hayotini xavfga qo‘ymoqda.
Shu bois, tadbirda tartibli mehnat migratsiyasini tashkil etish bo‘yicha qilinayotgan ishlar xususida maʼlumotlar berildi. Talablarni buzayotgan xususiy bandlik xizmatlari faoliyatini tartibga solish, mahallalarda ushbu yo‘nalishda targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish, qonuniy asosda xorijda mehnat qilayotganlar hayoti bo‘yicha videolavhalarni ko‘paytirish takliflari bildirildi.