"Deputat tanlashda adashmabmiz"


1919     18.08.2026

Jizzax viloyatidan saylangan deputatimiz Nazira Muxtorovadan Sharof Rashidov tumanidagi “Jizzaxlik” mahallasi aholisi bugun "Deputat tanlashda adashmabmiz" deya xursand.
To‘g‘rida, yillar davomida hal etilmagan, qayta-qayta murojaatlaring eʼtiborsiz qoldirilgan muammoing birgina arzing bilan hal bo‘lsa, odamlar bunday insonni, albatta alqaydida.

Ilk murojaatdan so‘ng deputatning saʼy-harakati bilan «Ipak yo‘li» ko‘chasining 509 metr yo‘liga 276 tonna asfalt yotqizildi. Endi odamlar chang va loy ko‘chadan yurmaydigan bo‘lishdi. Ayniqsa, maktab, bog‘chaga qatnaydigan bolalar o‘zida yo‘q xursand.