Xorazmda muammolarni tizimli hal etishga kirishildi


2019     21.08.2026

Markaziy kengash raisi Alisher Qodirov Davlatimiz rahbarining Xorazmga tashrifi partiyaviy vazifalar ijrosini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lishini taʼkidladi. Partiya doim turizm infratuzilmasi bilan bog‘liq muammolarni tanqid qilib keladi. Tarixiy obidalar uchun ajratilayotgan mablag‘ ham yetarli emas va natijasiz.
 

– Xorazmda esa bu boradagi muammolarni tizimli hal etishga kirishilganiga guvoh bo‘ldik. Shu bois, Prezident viloyatga kelayotgan xorijlik sayyohlar sonini 2 mln.dan 5 mln. ga oshirish vazifasini qo‘ydi, – dedi partiya rahbari.