Fidoyi ajdodlarimiz jasorati – hamisha ibrat namunasi


1615     28.08.2026

Mustaqillik bayrami arafasida Vatan ozodligi yoʻlida kurashgan qahramon ajdodlarimizni minnatdorlik bilan yod etamiz. Ularning jasorati bugungi erkin hayotimiz va milliy istiqlolimizning qadrini yanada teran anglatadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ulamolar, nuroniylar va ziyolilar Qatagʻon qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etish uchun Shahidlar xotirasi xiyoboniga yigʻildilar.