Sport zalisiz qurilgan maktab


1654     03.09.2026

Abdulhakim Eshboyev va Nigora Lutfullayevalar Qumqo‘rg‘on tumanidagi 19-sonli maktabning “Tashabbusli byudjet”ga qo‘yilgan, lekin g‘olib bo‘lmagan loyihasini o‘rgandi. Muammo shundaki, 2022-yilda yangidan barpo etilgan maktab zamonaviy sport zaliga ega emas.
 

Fraksiya aʼzolari Oltinsoy tumani hokimi hamda mahalla faollari hamrohligida «Obshir» mahallasida aholi tomorqalarini sug‘orish bilan bog‘liq yana bir loyiha bilan tanishdi.

Ushbu muammoni hal etish uchun artezian quduqlari qazilishi kerak. Lekin yaxshi umidda ilgari surilgan loyiha g‘olib bo‘lolmadi.