Marhamatning ijtimoiy ahamiyati yuqori bo‘lgan loyihalari


1838     03.09.2026

Andijonning Marhamat tumanida ham ijtimoiy ahamiyati yuqori bo‘lgan ko‘plab loyihalar “Tashabbusli byudjet”ga qo‘yilgan edi. Biroq ayrimlari yetarlicha ovoz to‘play olmadi. Ana shunday loyihalardan biri tuman markaziy stadioni sharoitlarini zamonaviy talablar asosida yaxshilash bilan bog‘liq.
 
Ushbu tumanda bo‘lgan fraksiyamiz aʼzosi Baxtiyor Maniyozov tuman hokimi Ilyosbek Umrzaqov hamrohligida dastlab ushbu loyihani o‘rgandi.