Bugun kambag‘al bo‘lib yashaydigan vaqt emas


1916     07.09.2026

Fraksiya yig‘ilishi yakuniga yetgan haftada mamlakatimiz siyosiy hayotida yuz bergan muhim voqealar muhokamasi bilan boshlandi. Fraksiya rahbari Alisher Qodirov kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishiga to‘xtalib, so‘nggi yillarda davlat tomonidan buning uchun katta resurslar ajratilganini taʼkidladi. Lekin tahlillardan maʼlum bo‘ldiki, yaratilgan imkoniyatlardan foydalanishni istamayotganlar ham ko‘p ekan.
 

– Deputatlar aynan ana shunday shaxslar, yaʼni boqimanda bo‘lib qolgan fuqarolar bilan ko‘proq ishlashi lozim. Bugun yaratilgan imkoniyatlar bilan kambag’al bo’lib yashashning o’zi uyat, – dedi fraksiya rahbari.