1759 07.09.2026
Yig‘ilishda birinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun loyihasi bilan korporativ buyurtmachilar xaridida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga berilgan imtiyoz va preferensiyalarni bekor qilish taklif etilyapti. Shu bilan birga, davlat xaridlarida parlament nazorati o‘rnatilyapti.
Taʼkidlanganidek, ushbu o‘zgarishlar sohada shaffoflik, raqobat, tadbirkorlarni davlat xaridlarida yanada faol bo‘lishini taʼminlaydi. Eng muhimi, mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga tezroq aʼzo bo‘lishiga xizmat qiladi.