1611 11.09.2026
Endi “Temirchi” va “Qo‘rg‘oni Vardonze” mahallalari ichki yo‘llariga asfalt yotqizilib, piyodalar yo‘lagi va yo‘l o‘tkazgichlar taʼmirlanadi. “Sharof Rashidov” mahallasi, “Churuq” ovulidagi 39-sonli maktab esa taʼmirlanib, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratiladi.
Buxoroning Shofirkon tumanida “Tashabbusli byudjet”ning g‘olib bo‘lmagan loyihalarini o‘rgangan Maxsud Muhammedov partiyaviy yo‘nalishlardan kelib chiqib, deputatlar uchun ajratilgan mablag‘ hisobidan yuqoridagi ikki loyihani moliyalashtirishga qaror qildi. “O‘quvchilar qachongacha loy, chang ko‘chadan maktabga qatnaydi. Ularning ham yorug‘, barcha sharoitlar yaratilgan maktabda o‘qishga haqqi bor”, – deydi deputat.