1589 11.09.2026
Jizzax shahri “Qassoblik” mahallasidagi 41 ming aholiga xizmat ko‘rsatayotgan 2-sonli Oilaviy poliklinika binosi 1974-yilda qurilgan bo‘lsada, sharoitlari yaxshi. Zarur uskunalar bilan jihozlangan, malakali mutaxassislar ham yetarli. Muammo xonalarning yetishmasligida. Masalan, bir xonada ham jarroh, ham LOR shifokori, boshqa bir xonada esa EKG va UZI uskunalari joylashtirilgan. Uch nafar umumiy amaliyot shifokori bemorlarni kichik bir xonada qabul qiladi. Erkak va ayollar yoki bolalarni kunduzgi davolash uchun alohida xonalar zarur.
Ushbu poliklinika sharoitlarini o‘rgangan Alisher Qodirov zudlik bilan bu masalani hal qilish kerak degan qarorga keldi. Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Shu bois, fraksiya rahbari “Tashabbusli byudjet”da g‘olib bo‘lmagan loyihalar uchun ajratilgan mablag‘ni poliklinika muammolarini hal qilishga sarflaydigan bo'ldi.