1617 14.09.2026
“Tashabbusli byudjet”ning muhim jihati aholi tomonidan ilgari surilgan, ammo yetarlicha ovoz ololmagan loyihalarning ham eʼtiborsiz qoldirilmayotganidir. Deputatlarga bu borada berilgan imkoniyat esa joylardagi eng dolzarb muammolarni manzilli hal etishga yordam bermoqda.
Vasila Fayziyeva ikkinchi mavsumda Qibray tumanida g‘olib bo‘lmagan takliflarni o‘rganib, qo‘shimcha mablag‘ni kechiktirib bo‘lmaydigan ikki loyiha – 36-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini taʼmirlash hamda “Taraqqiy” mahallasi ko‘chalarida piyodalar yo‘lakchasini barpo etishga sarflaydigan bo‘ldi.