1658 14.09.2026
Jumanazar Otajonovning “Tashabbusli byudjet” ikkinchi mavsumi uchun sarflaydigan mablag‘i barakasi tez orada Xorazmning Gurlan va Shovot tumanlarida bo‘y ko‘rsatadi. Deputat g‘olib bo‘lmagan loyihalar orasidan biryo‘la oltitasini tanladi.
Jumladan, Gurlandagi 3-son kasb-hunar texnikumi infratuzilmasi yaxshilanadi, "Chinobod" va Uvaysiy ko‘chalari asfalt qilinadi. “Bog‘iston” mahallasiga yangi transformator o‘rnatiladi. Shuningdek, Shovot tumani “Qirg‘oqbo‘yi” va "Bog‘zor" mahallasi ko‘chalariga quyosh panelli tungi yoritish chiroqlari qo‘yiladi.