1672 14.09.2026
Kuz keldi, qish esa yaqin. Sharof Rashidov tumani, “Yangihayot” mahallasining Alisher Navoiy, To'maris va Oltinsoy ko‘chalarida tez orada yana muammolar bo‘y ko‘rsatadi: odamlar loy kechishni boshlaydi, transport harakati qiyinlashadi, “Tez yordam”lar vaqtida yetib bormaydi desangiz, adashasiz. Endi mutlaqo bularning aksi bo‘ladi.
“Tashabbusli byudjet”da g‘olib bo‘lmagan loyihalarni o‘rganib, ulardan eng ahamiyatlisini qo‘shimcha moliyalashtirish uchun tumanda o‘rganishlar olib borgan Nazira Muxtorova “Yangihayot”liklarni uzoq yillik muammodan xalos etishni lozim topdi. Qariyb 1 milliard 650 million so‘mga oraliq ko‘chalar to‘liq taʼmirlanib, asfalt qilinadigan bo‘ldi.