1987 14.09.2026
Nodir Tilavoldiyevni toshloqliklar uzoq vaqt alqaydigan bo‘ldi. Deputat birato‘la oltita mahallaning elektr taʼminotini yaxshilashga qaror qildi. Jumladan, “Katta ko‘cha”, “Chuqurqishloq”, “Soybo‘yi”, “So‘kchilik”, “Aylanmajar” va “Axshak” mahallalaridagi transformator va beton stolbalar yangilanadi, elektr simlar tortiladi. Shuningdek, Marg‘ilon shahar 27-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalar suzish havzasi hamda qorovulxona quriladi.
“Mahalla aholisi ushbu loyihalarni har yili “Tashabbusli byudjet”ga qo‘yar ekan. Lekin har gal yetarlicha ovoz to‘planmaydi. Natijada odamlarda loyihaga nisbatan ishonchsizlik paydo bo‘lgan”, – deydi fraksiya aʼzosi.