1638 14.09.2026
Qulay va xavfsiz yo‘l odamlarni rozi qilishning eng muhim jihati hisoblanadi. Nukusda ana shunday muammolarni hal etayotgan Ruslan Jumamuratov “Tashabbusli byudjet”da g‘olib bo‘lmagan loyihalar uchun qo‘shimcha ajratilgan mablag‘ni ham aholini yillar davomida qiynab kelayotgan yo‘l muammolarini hal etishga yo‘naltirdi.
Xususan, “Altin jag‘is” va “Dosliq guzari” mahallalarining ko‘chalari taʼmirlanib, asfalt yotqiziladi. Piyodalar yo‘lakchalari va yo‘l o‘tkazgichlar qilinadi. Bu o‘zgarishlar, shubhasiz, aholining yog‘ingarchilik kunlarida xavfsiz harakatlanishini taʼminlaydi.