Bir urinishda 17 loyiha


1889     14.09.2026

Yurtimizdagi ochiq va xalq manfaatlariga yo‘naltirilgan siyosatning muhim jihatlaridan biri fuqarolarning o‘z hududida muammolarni hal etishdagi ishtirokini kengaytirishdir. “Tashabbusli byudjet” esa aynan shu tamoyilga xizmat qilayotgan muhim loyihaga aylandi. Biroq bu tanlovda g‘olib bo‘lmagan loyihalarni bir chetga surish degani emas.
 

Norin tumanida ikkinchi mavsumda g‘olib bo‘lmagan, ammo ijtimoiy ahamiyati yuqori bo‘lgan 17 ta loyiha Dilnoza Azizova eʼtiboriga tushdi. “Milliy tiklanish” fraksiyasi aʼzosi saʼy-harakati bilan 16 ta mahallaning elektr taʼminoti yaxshilanadi. Beton ustunlar o‘rnatilib, eskirgan kabellar almashtiriladi. Shuningdek, bir mahallada bolalar maydonchasi barpo etiladi. Jami 17 ta loyiha uchun 1 mlrd 340 mln so‘m sarflanadi.