1956 16.09.2026
"Milliy tiklanish" partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov boshchiligidagi ishchi guruhi a'zolari Qoraqalpog'istonda madaniy meros obyektlari bo‘yicha o‘rganishlar olib bormoqda. Ishchi guruhi dastlab Kegeyli tumani "Xalqabad" shahrining janubiy-sharqida joylashgan Iyshan qala tarixiy-arxitektura yodgorlik majmuasida bo‘lib, tarixiy obidalarning bugungi holati bilan tanishdi.
Manbalarda qayd etilishicha, mazkur yodgorlik XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida barpo etilgan. Ma'lum bo‘lishicha majmuaning joriy texnik holati, restavratsiyasi va muhofazasi bo‘yicha ochiq maʼlumot cheklangan. Shu sababli joyida texnik va tashkiliy holatni aniqlash zarur. Shuningdek, rasmiy marshrutlarda Kegeyli tumanining qisqa muddatli tashrif nuqtasi sifatida ko‘rilishi sayyohlarga noqulayliklar keltirib chiqarmoqda.