“Qora uy” haqida yoshlar ham bilishi kerak!


1997     17.09.2026

Qoraqalpog‘istonda o‘rganishlar olib borayotgan Alisher Qodirov boshchiligidagi fraksiya aʼzolari Chimboyda hunarmand – qora uy ustasi Azamat Turekeev faoliyati, mehmonxona hamda uy-muzeyi bilan tanishdi. Maskan qoraqalpoq xalqining turmush tarzi, milliy qadriyatlari, hunarmandchilik va etnografik merosi o‘ziga xos tarzda namoyon etilayotgani bilan ahamiyatlidir.
 

Uchrashuvda ushbu maskanni qoraqalpoq milliy hayoti va etnografiyasiga asoslangan etnoturizm obyekti sifatida yanada rivojlantirish, uy-muzey va sayyohlar uchun xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, hunarmandchilik namunalarini keng targ‘ib qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. “Qora uy” anʼanalarini yosh avlodga yetkazish, hunarmand tajribasini ommalashtirish hamda ushbu yo‘nalishda yangi turistik imkoniyatlarni yaratish takliflari bildirildi.