1702 18.09.2026
Amudaryo tumanida yettita og‘ir mahallani yaxshilash uchun 21 mlrd so‘m ajratilgan. Bu mablag‘ hisobidan 21 ta obyektda qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Hozircha uchtasi foydalanishga topshirildi, 18 tasida ishlar davom etyapti. Agar loyiha to‘liq bajarilsa, 136 ta tadbirkor faoliyatini kengaytirish, 100 ga yaqin yangi biznes subyektini tashkil etish imkoniyati paydo bo‘ladi. Eng asosiysi, 369 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Dastur doirasida qilinayotgan ishlar bilan tanishgan “Milliy tiklanish” fraksiyasi aʼzosi Ruslan Jumamuratovga mas'ullar bu haqda maʼlum qilishdi. “Albatta, qilinayotgan ishlar xayrli, lekin byudjet puliga hech kim ko‘z olaytirmasligi kerak. So‘rovi qattiq bo‘ladi, shaxsan o‘zim nazorat qilaman”, – deydi deputat.