Natijalar xalqning hayotini, kayfiyatini o‘zgartirgan


1892     21.09.2026

Fraksiya yig‘ilishi o‘tgan hafta mamlakatimiz hayotida yuz bergan muhim voqea – Prezidentning Qoraqalpog‘istonga tashrifi muhokamasi bilan boshlandi. Ushbu tashrif tadbirlarida bevosita ishtirok etgan Alisher Qodirov bu haqida gapirib, Yangi O‘zbekistondagi islohotlar natijalarini Qoraqalpog‘iston misolida ham yaqqol ko‘rish mumkinligini ta’kidladi.
 

– Qoraqalpog‘istonda barcha sohalarda katta o‘zgarishlar bo‘layotganiga bevosita guvoh bo‘ldik. Eng muhimi, bu o‘zgarishlar xalqning hayotini ham, kayfiyatini ham o‘zgartirgan. Albatta, ushbu jarayonlarda deputatlarimiz ham faol ishtirok etishlari kerak, – dedi fraksiya rahbari.