Bugun o‘tirib emas, yugurib ishlaydigan zamon


1637     23.09.2026

“Milliy tiklanish” tomonidan so‘nggi kunlarda Madaniy meros agentligi bejiz ko‘p tanqid qilinayotgani yo‘q. Chunki milliy merosimizga e’tibor talab darajasida bo‘lmayapti.
 
Mana, yaqinda partiyamizning Namangan viloyati Kengashi vakillari hamda mahalliy deputatlarimiz “Mavlono Asadulloh Somoniy” maqbarasini o‘rgandi. Tarixi VIII-IX asrlarga borib taqaladigan maqbara moddiy-madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilmagan, qarovsiz qoldirilgan.
 
Yaxshiyam Jamoliddin otaga o‘xshagan insonlar bor ekan, shaxsiy mablag‘i hisobidan yodgorlikni ta’mirlab, obodonlashtirish ishlariga qarab turibdi.
 
Bugun o‘tirib emas, yugurib ishlaydigan zamon. Shundagina natija bo‘ladi. Agentlikdagilar esa hamon bu talabni to‘la anglab yetmagan ko‘rinadi.