1685 25.09.2026
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ruslan Jumamuratov: “Tashabbusli byudjet”ni “Inson qadri uchun” g‘oyasi asosida amalga oshirilayotgan islohotlarning yorqin namunasi desak to‘g‘ri bo‘ladi. Loyiha orqali xalqimiz davlat boshqaruvida, byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishida o‘zini ko‘ryapti.
Eng asosiysi: loyiha bu boradagi korrupsiyaning payini qirqishga yordam berdi. Ilgari bu bo‘yicha maxsus komissiya tuzilardi va ularga qaysi loyiha “ma’qul” kelsa mablag‘ o‘shanga yo‘naltirilar edi.
Shu ma’noda, “Tashabbusli byudjet” “tepadagilar” e’tibor qaratmagan yoki e’tiboridan uzoq bo‘lgan xalqchil loyihalarni moliyalashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda”.