1646 28.09.2026
“Tarbiya” fani o‘qitilayotganiga besh yildan oshdi. Lekin darslik va mutaxassislar hamon yetishmayapti. Mavzularga mos milliy “kontent”lar ham yetarli emas. Maktablarda psixologlar uchun alohida xonalar tashkil etilmagan. Tibbiyot xonasi dori-darmonlarni saqlash uchun to‘la jihozlanmagan. Kutubxonadagi ishlar ham ko‘ngildagidek emas.
Surxondaryo viloyati Kengashi raisi Saydulla Abduraimov boshchiligidagi ishchi guruh Termizda qator maktablarni o‘rganib, yuqoridagi kabi kamchiliklarni aniqladi.
Albatta, bunday kamchiliklar faqat Surxondaryoda emas. Partiya o‘rganishlar orqali har yili bunday muammolarni ko‘taradi. Tegishli vazirlik esa “kelasi o‘quv yilida muammo bo‘lmaydi”, degan va’dani berishdan charchamaydi.