Oqlab bo‘lmaydigan jinoyat


1591     28.09.2026

Ko‘rilayotgan choralarga qaramay, bolalarga nisbatan shahvoniy harakatlarni sodir etilishining oldini olish hamon asosiy vazifa bo‘lib qolmoqda. Hatto bunday holatlarni yashirish holatlari ham uchrayapti. Birgina oxirgi 3 yilda 44 ta holatda bunday jinoyat yashirilib, ma’muriy huquqbuzarlik sifatida taqdim etilganini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi.

Shu bois, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga bu boradagi ish hujjatlarini prokurorning huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari mavjud emasligi haqidagi qarori olinganidan so‘ng sudga yuborishni nazarda tutuvchi tegishli qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritilmoqda.