Andijonga o'ziga xos vazifa qo'yildi


1921     28.09.2026

Fraksiya yig‘ilishi Prezidentning Andijon viloyatiga tashrifi muhokamasi bilan boshlandi. Alisher Qodirov tashrifning ahamiyati haqida gapirib, Yangi O‘zbekiston islohotlarining bosh maqsadi xalqimiz farovonligini oshirish ekanini, bunda daromadli ish o‘rinlarini ko‘paytirish muhimligini ta’kidladi.
 

Andijonda mamlakatimiz aholisining 10 foizi yashaydi, yer maydoni esa atigi 1 foizni tashkil etadi. Shunga qaramay, viloyatda qo‘shimcha qiymat yaratish ishlari e’tirofga loyiq.
 

– Shu bois, Davlat rahbari tomonidan boshqa hududlardan farqli o'laroq Andijonda daromadi yuqori bo‘lgan qatlamni ko‘paytirish vazifasi qo‘yildi, – dedi fraksiya rahbari.