1588 28.09.2026
Bugun tadbirkorlar huquqining sudlarda ishonchli himoya qilinishini ta’minlash borasida iqtisodiy sudlarning vakolatini oshirish zarurati yuzaga keldi.
Shu bois, fraksiyada birinchi o‘qishda muhokama qilingan loyiha bilan “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunga tashqi savdo bo‘yicha aktivlarni repatriatsiya, ya’ni qaytarishni kechiktirgan rezidentlarga qo‘llaniladigan jarimani kamaytirish vakolati berilmoqda.
Ushbu o‘zgarish tashqi savdo bilan shug‘ullanayotgan insofli tadbirkorlarning huquqlarini sudlarda yanada ishonchli himoya qilinishini ta’minlaydi.