Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik ortib boryapti


1640     29.09.2026

Fraksiyaning navbatdagi yig‘ilishida asosiy masala – bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishni takomillashtirish, javobgarlikni keskin kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.

Keyingi yillarda bolalarni har qanday zo‘ravonliklardan himoya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, statistika bunday holatlar ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, bu borada 2022-yilda 85 ta, 2023-yilda 108 ta, 2024-yilda 129 ta, 2025-yilda esa 123 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.