1902 30.09.2026
O‘zbekiston davlat drama teatrida O‘zbekiston xalq yozuvchisi, atoqli adib O‘tkir Hoshimov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘tkir Hoshimovning serqirra ijodiy merosi, hayot yo‘li, milliy adabiyotimiz va ma’naviy hayotimiz rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi yodga olindi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, O‘tkir Hoshimov har doim “Milliy tiklanish” safida bo‘lgan va fraksiya a’zosi sifatida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etgan.
O‘tkir Hoshimov ijodida ham partiyamiz g‘oyalari – insonga yaxshilik qilish, mehr-oqibat, vijdon, sadoqat, ota-ona va farzand munosabatlari, milliy qadriyat va ma’naviy masalalar samimiy va hayotiy tasvirlangan. Adib asarlari bugungi avlod uchun ham o‘zining tarbiyaviy va ma’rifiy ahamiyatini yo‘qotmagan.