Fraksiya a’zolari xalq bilan ochiq muloqot qilish, aholi muammolarini o‘rganish va ularga ijobiy yechim topish maqsadida yana saylov okruglariga chiqdi. Jumladan, Jomboy tumanida bo‘lgan Azamat Pardayev dastlab og‘ir hudud – “Eski Jomboy” mahallasini kompleks rivojlantirish uchun ajratilgan 5 mlrd so‘mning nimalarga sarflanayotganini o‘rgandi.
Deputat 28-sonli maktabda esa shu paytgacha hech kim e’tibor qaratmagan masala – maktab ichkarisidagi elektr ustunlar bolalarga xavf tug‘dirishi mumkinligidan nafaqat barchani ogohlantirdi, balki mas’ullarni chaqirtirib, ustunlarni tezda xavf tug'dirmaydigan joyga ko‘chirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Shuningdek, Nayman mahallasidagi 20-sonli poliklinika qurilishi bilan tanishgan deputat pudratchi va quruvchilar bilan muloqot qilib, loyihani belgilangan vaqtda va aholiga qulay sharoitda bajarish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi.