1579 05.10.2026
Surxondaryoning Qumqo‘rg‘on tumanida o‘rganishlar olib borayotgan Abdulhakim Eshboyev qurilishi yakunlangan tibbiyot birlashmasi muammosini o‘rgandi. 9,8 milliard so‘mlik mazkur loyiha yakunlanganiga ancha vaqt bo‘ldi. Lekin zarur tibbiy jihozlar xaridiga kelganda esa, masala “tuyaning go‘shtini yeyapti”.
Gap shundaki, qurilish uchun 6,8 milliard so‘m mablag‘ sarflangan. Qolgan mablag‘ hisobidan birlashma to‘liq jihozlanishi kerak edi. Ammo va’da qilingan mablag‘ ajratilmayapti. Deputat ushbu masalani nazoratga oldi.