“Yettilik”ning “tishi” o‘tmayotgan muammo


1578     05.10.2026

Jumanazar Otajonov Xiva tumanidagi “Pano Maxsim” mahallasining “yettilik” faoliyatini o‘rgandi. Mahalla “yettiligi”ga hududning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal etish, aholini qiynayotgan muammolarni yechish bo‘yicha yetarlicha imtiyoz va vakolatlar berilgan bo‘lsada, ayrim masalalarga “tishi” o‘tmayapti.

Jumladan, Qonunchilik palatasi deputati oldiga oilaviy poliklinika hamda maktabgacha ta’lim tashkilotini tabiiy gaz tarmog‘iga tezroq ulash masalasi ko‘ndalang qo‘yildi.

Mahalla faollarining bildirishicha, kuzning birinchi oyi ham o‘tdi, qish yaqin. Bu masala “yettilik”ka qolsa, yaqin orada hal bo‘lmaydi. Shu bois, “teparoq”dan kimdir aralashmasa, masala hal bo‘lmaydigan ko‘rinadi.