1552 05.10.2026
Tadqiqotlarga ko‘ra, mamlakatimizda iqtisodiy faol aholining 33 foizi ish haqini “konvert”da oladi. Bu soliq, ijtimoiy to‘lovlar to‘lanmayapti degani. Nukusdagi “Qutli makan” mahallasida bo‘lgan Ruslan Jumamuratov faollar bilan uchrashib, aynan norasmiy bandlik masalalarini o‘rgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, mahallada rasman ishsiz fuqarolar ko‘pchilikni tashkil etadi. Biroq o‘rganishlardan aniqlandiki, aksariyat “ishsiz”lar amalda oshxona, do‘kon va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalarida kunlik mehnat bilan band.
Deputat avvalo “konvert”da ish haqi olayotganlarni huquqiy, moliyaviy oqibatlar bilan tanishtirdi, ertaga ijtimoiy kafolatlardan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘lishdan ogohlantirdi. Shu bois, ushbu masalani tegishli tartibda o‘rganish va ish beruvchilarni ham “xufyona iqtisodiyot” oqibatlari bilan tanishtirish bo‘yicha choralar belgilandi.