“Navro‘z”liklar xavfsiz o‘tishi ta’minlanadi


1574     05.10.2026

Farg‘onada o‘rganishlar olib borayotgan Sayyora Jumayeva viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi vakillari bilan uchrashib, Marg‘ilon shahar, “Navro‘z” mahallasi aholisining murojaatini hal etdi. Endi hudud aholisini ko‘pdan buyon qiynayotgan xavfsizlik masalasi – Farg‘ona xalqa avtomobil yo‘lining aholi gavjum o‘tadigan qismiga “yo‘lchiroq” o‘rnatiladigan bo‘ldi.

Shuningdek, deputat “Mehrjon” ayollar va bolalar markazi muammolarini ham o‘rgandi. Markaz asosan zo‘ravonlik va tazyiqqa uchragan xotin-qizlar hamda bolalarga huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish, ularni vaqtincha boshpana bilan ta’minlash bilan shug‘ullanadi.