Muammolarning eng samarali yechimi ochiq muloqot


1578     05.10.2026

Keyingi paytlarda aholi murojaatlariga masʼullarning faqat qogʻozda javob berishi, masalaning mazmuniga chuqur kirmaslik yoki muammoni bevosita mahalla, sayyor qabullar orqali emas, kabinetda yuzaki hal etish holatlari koʻp uchrayapti. Sariosiyoda boʻlgan Goʻzal Samiyeva bu borada tuman masʼullariga dars berdi desak toʻgʻri boʻladi. Buni deputat qabuliga kelgan fuqarolar soni va hal etilgan masalalar koʻlamidan ham bilish mumkin.

Tuman hokimi, Kengash raisi hamda masʼul idoralar rahbarlari ishtirokida Xalq qabulxonasida oʻtgan fuqarolar qabulida asosan imtiyozli kredit, bandlik, davolanish, kadastr, moddiy yordam masalalariga oid murojaatlar koʻp boʻldi.

Ayrim masalalar joyiga chiqib oʻrganilib, hal etildi. Qoʻshimcha oʻrganish talab etiladiganlari boʻyicha masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.