1182 05.10.2026
Zuhra Mirgʻoziyeva oʻtgan galgi oʻrganishlarida Yuqori Chirchiq tumanidagi 13-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida bir qator muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar bergan edi. Deputat bu gal ularning ijrosi bilan tanishdi.
Xoʻsh, natijalar qanday boʻldi?
"Oʻtgan gal aniqlangan kamchiliklar deyarli hal etilibdi. Zarur taʼmir ishlari olib borilgan, kuz-qishga puxta tayyorgarlik koʻrilgan, milliy burchaklar tashkil etilgan, obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilgan" – deydi deputat.