Qizim, senga aytaman, kelinim, sen eshit


1593     05.10.2026

Buxoroning Olot tumani "Arabxona" va "Gʻanchi-Chandir" mahallalari aholisi bilan ochiq muloqot oʻtkazgan Jahongir Shirinovga ichki yoʻllarni asfalt qilish, foydalanish muddatini allaqachon oʻtab boʻlgan 30 dan ortiq elektr simyogʻochlarni almashtirish boʻyicha murojaat boʻldi.

Aks holda mahalla bolalari yana bogʻcha va maktablarga loy kechib borishga, aholi esa elektr taʼminoti bilan bogʻliq muammolarga bu yil ham koʻnikishga majbur.

Aslida bu masalalar bilan mahalliy deputatlar shugʻullanishi kerak. Shu bois, Qonunchilik palatasi vakili “qizim, senga aytaman, kelinim, sen eshit” qabilida ish tutdi. Ochiq muloqotga viloyat va tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimligi masʼullarini ham jalb qildi.