300 ta oilaga daromad, 300 insonga imkoniyat


1515     05.10.2026

Hududdagi muammolarni joyida oʻrganib, yechimiga amaliy koʻmak berish deputatning muhim yoʻnalishidir. Shu maʼnoda, Surxondaryoning Bandixon tumanida boʻlgan Nigora Lutfullayeva hokim va mahalliy Kengash deputatlari bilan hududning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini muhokama qildi. Mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ishlarni oʻrgandi.

Deputat 300 nafar ayolni doimiy ish bilan taʼminlagan ip-kalava ishlab chiqaruvchi “KHILAL VORTEX” korxonasi faoliyati bilan ham tanishdi.

“Bu shunchaki korxona emas. Bu 300 ta oilaga daromad, 300 insonga imkoniyat degani” – deydi Nigora Lutfullayeva.